
Bu haqda “The Athletic” muxbiri Mario Kortegana X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, olingan jarohat 20 yoshli braziliyalik futbolchining kelajagini belgilashda muhim omil bo'lishi mumkin, chunki u yaqin haftalarda oladigan o'yin amaliyotiga qarab keyingi faoliyati borasida bir qarorga kelishni rejalashtirgandi. Shu bilan birga, "Real" rahbariyati ham, jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu ham hujumchining Madrid klubida qolishini istamoqda.
Eslatib o'tamiz, Endrik "qaymoqranglilar"ning Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 5-turi doirasida Niderlandiyaning PSV klubiga qarshi o'z maydonida o'tkaziladigan o'yin oldidan so'nggi mashg'ulotini o'tkazib yuborgan edi.