
Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Parij klubi 26 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan yangi bitim imzolamoqchi, shuningdek, unda kelishuvni yana 1 yilga - 2032 yilgacha uzaytirish bandi ham ko'zda tutiladi.
Futbolchining amaldagi kelishuvi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.
Ma'lumot uchun, Vitinya 2022 yildan buyon PSJ sharafini himoya qilib kelmoqda. U Fransiya jamoasi safida shu kungacha jami 218 o'yin o'tkazib, 29 ta gol urdi va 26 ta golga assistentlik qildi.