"Barselona" Kubarsining tashxisini oshkor qildi

  • Mr.NoBoDy 17.11.2026 20:16
  • 1159
  • 30

"Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi Millatlar Ligasi doirasidagi Ispaniya – Angliya (2:3) uchrashuvida jarohat oldi.

Kataloniya klubi futbolchining tashxisini ma'lum qildi. "Ko'k-anorranglilar" matbuot xizmatining xabar berishicha, o'yinchining son mushaklarida zo'riqish kuzatilgan.

"Pau Kubarsida son mushaklari zo'riqishi aniqlandi. Uning "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda maydonga tushish-tushmasligi tiklanish jarayoni qanchalik tez kechishiga bog'liq", – deyiladi "Barselona"ning rasmiy sahifalarida.

Ayni damda "Barselona" 33 ochko to'plagan holda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Real" 30 ball jamg'argan, "Atletiko" esa kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар