
Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi rasmiy sayti xabar berdi.
Uchrashuvga bosh hakam etib Firdavs Norsafarov tayinlangan. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Alisher Usmonov yordam beradi.
To'rtinchi hakam vazifasini esa rossiyalik Matvey Zaika bajaradi.
Eslatib o'tamiz, Rossiya – Venesuela o'rtoqlik uchrashuvi bugun, 17 noyabr kuni Krasnodar shahridagi "Krasnodar" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Rossiya terma jamoasi bundan avvalgi o'rtoqlik uchrashuvida Toshkentda O'zbekistonni 3:2 hisobida mag'lub etgan edi.