Vinisius Anchelotti uning faoliyatini o'zgartirib yuborganini aytdi

  • Mr.NoBoDy 17.11.2026 16:16
  • 95
  • 30

Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Junior milliy jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'z faoliyatiga ko'rsatgan ta’siri haqida gapirdi.

"Men unga nisbatan doimo katta hurmat va xayrixohlik his qilganman. U mening tariximni - ham "Real"da, ham umuman futbolda o'zgartirib yubordi. U meni har doim himoya qilgan va eng qimmatli maslahatlarni bergan. Uning terma jamoani boshqarishi mumkinligi haqida eshitganimda juda xursand bo'lgandim, chunki statistikam yaxshilanishini bilardim. Uning qo'l ostida allaqachon 10 ta gol urdim, vaholanki, ilgari hisobimda bor-yo'g'i 6 ta gol bor edi.

Kamroq xato qilishimiz va qisqa vaqt ichida maksimal darajada samarali harakat qilishimiz kerak. U braziliyaliklar qanday o'ynashi kerak bo'lsa, shunday o'ynashimiz uchun optimal tarkib va ideal sxemani tanlashiga shubha qilmayman", – deya Vinisiusning so'zlarini keltirdi “Globo”.

Anchelotti 2025 yilning may oyida Braziliya terma jamoasini qabul qilib olgan. Bungacha italiyalik mutaxassis 2021 yildan 2025 yilgacha "Real"da Vinisius bilan birga ishlagan. Shu vaqt ichida jamoa ikki martadan Ispaniya chempionati va Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan.

Ўхшаш янгиликлар