UEFA FIFA prezidentligi saylovlari uchun o'z nomzodini ilgari surdi. FFF rahbari Infantinoga raqib bo'ladi

  • Mr.NoBoDy 16.11.2026 20:48
  • 442
  • 30

UEFA FIFA prezidenti saylovlarida Janni Infantinoga raqobatchi bo'ladigan nomzod ismini e'lon qildi.

"Bugun UEFA prezidenti Aleksander Cheferin raisligida o'tkazilgan yig'ilishda UEFA Ijroiya qo'mitasida vakillik qiluvchi milliy assotsiatsiyalar Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) prezidenti Filipp Dialloga 2027 yil mart oyida bo'lib o'tadigan FIFA prezidentligi saylovlarida o'z nomzodini ilgari surishni taklif etishdi va unga bir ovozdan har tomonlama qo'llab-quvvatlashga vada berishdi.

Filipp Diallo futbol tuzilmasining barcha darajalarida ulkan ish tajribasiga ega. U Fransiya professional futbol klublari manfaatlarini ifodalovchi tashkilotga rahbarlik qilgan, Fransiya professional ligasi rahbariyati tarkibiga kirgan hamda FIFAning nizolarni hal etish bilan shug'ullanuvchi tuzilmalarida faoliyat yuritgan. 2023 yilda u Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) prezidenti va UEFA Ijroiya qo'mitasi a'zosi etib saylangan.

FIFAning rivojlanish yo'nalishi borasidagi jiddiy xavotirlar fonida milliy assotsiatsiyalar jahon futbol hamjamiyatida birdamlik va ishonchni tiklashga chaqirdi. Shuningdek, ular FIFA dunyoning barcha mintaqalarida futbolni rivojlantirishni o'z faoliyatining asosiy maqsadiga aylantirishi, boshqaruvning eng yuqori standartlariga rioya qilishi hamda a'zo assotsiatsiyalar, konfederatsiyalar va futbol sohasidagi boshqa manfaatdor tomonlar bilan yaqin hamkorlikda ishlashi lozimligini takidlashdi. Ular ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur yetakchilik fazilatlariga ega ekaniga ishonch bildirgan holda, Filipp Dialloga to'liq ishonch izhor etishdi.

Filipp Diallo o'z nomzodini ilgari surish taklifini qabul qildi. Ertaga Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) ijroiya qo'mitasi yig'ilishida uning nomzodi rasman tasdiqlanishi kutilmoqda", - deyiladi UEFA bayonotida.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar