"Arsenal" Rays bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

  • Mr.NoBoDy 16.11.2026 16:56
  • 151
  • 30

London klubi yaqin vaqt ichida yarim himoyachi Deklan Rays bilan bitim uzaytirilganini e'lon qilishi mumkin.

Bu haqda insayder Fabricio Romano ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli angliyalik futbolchi bilan yangi kelishuv bo'yicha muzokaralar yakuniy bosqichda. Raysning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan bo'lib, uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Yarim himoyachi vinger Bukayo Saka bilan bir qatorda "Arsenal"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.

Eslatib o'tamiz, Rays 2023 yilning yozida "Vest Xem"dan "Arsenal"ga o'tgandi. Xavbek joriy mavsum barcha turnirlarda 15 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar