Komlichenko O'zbekistonga qarshi o'yindagi o'tkazib yuborilgan gollar haqida: "Aybdorlarni albatta topamiz"

  • Mr.NoBoDy 13.11.2026 22:40
  • 235
  • 30

Rossiya terma jamoasi hujumchisi Nikolay Komlichenko O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (3:2) jamoasi o'tkazib yuborgan gollar haqida fikr bildirdi.

Rossiyaliklar 70-daqiqaga qadar 0:2 hisobida ortda borayotgan edi. "Lokomotiv" futbolchisi 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, dubl qayd etdi.

"Rostini aytsam, burchak to'pidan juda oson gol o'tkazib yubordik.

Tanaffusdan keyin kiyinish xonasida gaplashib olgandek bo'ldik, ammo ikkinchi gol ham biz uchun sovuq dush bo'ldi.

Vaziyatni tahlil qilamiz, nazariy mashg'ulotda bu haqda gaplashamiz. Ishonchim komilki, aybdorlarni albatta topamiz", - dedi Komlichenko.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar