
Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi xalqaro örtoqlik uçraşuvida Janubiy Koreyani 3:2 hisobida mağlub etdi.
Birinçi bölimning sönggi daqiqalariga qadar hisob oçilmadi. 45-daqiqada Marvan Al-Sahafiy gol urib, saudiyaliklarni oldinga olib çiqdi.
Ikkinçi bölim boşida Janubiy Koreya hisobni tenglaştirdi. 48-daqiqada O Hyon Gyu raqib darvozasini işğol qildi.
Biroq Saudiya Arabistoni oradan köp ötmay yana ustunlikni qölga kiritdi. 55-daqiqada Muhammad Kanno hisobni 2:1 körinişiga keltirdi. Tört daqiqadan söng Abdulela Al-Amri jamoasining uçinçi golini urdi.
Janubiy Koreya 69-daqiqada Li Çxe-Sunning goli evaziga hisobdagi farqni bitta töpga qisqartirdi.
Şunga qaramay, mehmonlar hisobni tenglaştira olmadi. Saudiya Arabistoni qolgan daqiqalarda ustunligini saqlab qolib, 3:2 hisobida ğalaba qozondi.
Ma’lumot örnida, Özbekiston terma jamoasi 17-noyabr kuni aynan saudiyaliklarga qarşi maydonga tuşadi.
Xalqaro örtoqlik uçraşuvi
Saudiya Arabistoni — Janubiy Koreya — 3:2
Gollar: Marvan Al-Sahafiy (45), O Hyon Gyu (48), Muhammad Kanno (55), Abdulela Al-Amri (59), Li Çxe-Sun (69).