Kroyffning nabirasi AQŞ yoşlar terma jamoasiga çaqirildi

  • Mr.NoBoDy 10.11.2026 22:11
  • 1120
  • 30

Niderlandiya futboli afsonasi Yoxan Kroyffning nabirasi Şey Kroyff-Bin ilk bor AQŞning 18 yoşgaça bölgan futbolçilardan iborat terma jamoasiga çaqirildi.

VI.nl naşrining xabar berişiça, Ispaniyaning «Ximnastik de Tarragona» klubi yoşlar jamoasida töp surayotgan yarim himoyaçi boş murabbiy Ben Kross tomonidan e’lon qilingan tarkibdan joy olgan.

Şey 15 noyabr kuni Norvegiya, 17 noyabrda esa Portugaliya yoşlar terma jamoalariga qarşi uçraşuvlarda iştirok etiş imkoniyatiga ega böladi.

Yoş futbolçi Yoxan Kroyffning qizi Şantal Kroyffning öğli hisoblanadi.

Uning maşhur bobosi Yoxan Kroyff futbolçilik faoliyati davomida «Ayaks» va «Barselona» klublarida öynab, uç marta «Oltin töp» mukofotini qölga kiritgan. Keyinçalik u har ikki klubda murabbiy sifatida ham faoliyat yuritgan va Kataloniya terma jamoasini boşqargan.

Şeyning toğasi Yordi Kroyff ham «Barselona» tarixida öz örniga ega. Endi esa maşhur futbol sulolasining yangi avlodi xalqaro maydonda özini körsatiş imkoniyatini qölga kiritmoqda.

Ўхшаш янгиликлар