
FIFA prezidenti Janni Infantino yanvar oyida AQŞ Kongressiga guvohlik beriş uçun çaqirilişi mumkin. Bu taşkilotning AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan aloqalari yuzasidan olib borilayotgan tergov bilan boğliq. Bu haqda The Telegraph naşri xabar bermoqda.
Manbaga köra, tergovni kongressmen Jeymi Raskin olib bormoqda. Agar Demokratik partiya saylovlarda ğalaba qozonsa, u Vakillar palatasining yuridik qömitasiga rahbarlik qilişi va guvohlikka çaqiruv qoğozlari yuboriş hamda hujjatlarni talab qiliş vakolatiga ega bölişi mumkin.
Qömitani qiziqtirayotgan masalalar orasida FIFAning Nyu-Yorkdagi Trump Tower binosidan ofis ijaraga olişi hamda Donald Trampga taşkilotning ilk tinçlik mukofoti topşirilişi bor. Infantino uşbu mukofotni 2025 yil dekabr oyida Vaşingtonda bölib ötgan Jahon çempionati qur’asi marosimida AQŞ prezidentiga topşirgan edi.
Şuningdek, qömita Infantinoning Mayamidagi uy xizmatkori bilan boğliq vaziyat yuzasidan ham ma’lumot söragan. Manba ma’lumotiga köra, FIFA rahbari maslahatçisi Karlos Kordeyrodan uy xizmatkoriga işlaş ruxsatnomasini olişda yordam berişni söragan. Hujjatlarda FIFA Americas orqali amalga oşirilgan tölovlar ham qayd etilgan. FIFA esa Infantino uy xodimlari xizmat haqini şaxsan özi tölaganini va heç qanday qoidabuzarlikka yöl qöyilmaganini bildirgan.
Tergov materiallarida Jahon çempionatining ayrim tijorat huquqlarini xususiy investorlarga sotiş böyiça bekor qilingan loyiha ham örin olgan. Uşbu kelişuvning asosiy investori sifatida Trampning kuyovi Jared Kuşnerning akasi Joşua Kuşner tomonidan asos solingan Thrive Eternal kompaniyasi közda tutilgandi.
Futbol federasiyalari va qit’aviy konfederasiyalar e’tirozlaridan söng FIFA iyul oyida uşbu kelişuvdan voz keçgan. Naşr ma’lumotiga köra, Kuşnerlar ham yanvar oyida guvohlik beriş uçun çaqirilişi mumkin.
Janni Infantino 2016 yildan buyon FIFAga rahbarlik qilib kelmoqda. U taşkilot prezidenti lavozimi uçun navbatdagi saylovda ham iştirok etiş niyatida. Ovoz beriş jarayoni 2027 yil 18 mart kuni Marokaşning Rabot şahrida bölib ötadigan FIFA kongressida taşkil etiladi.