Argentina terma jamoasida Messining 10-raqami kimga nasib etişi mumkinligi ma’lum böldi

  • Mr.NoBoDy 10.11.2026 17:55
  • 51
  • 30

Lionel Messi xalqaro faoliyatini yakunlaganidan söng Argentina terma jamoasida uning 10-raqamli libosini kim kiyişi masalasi dolzarb bölib qolmoqda.

The Touchline naşri ESPN Argentina ma’lumotlariga tayanib xabar berişiça, milliy jamoa murabbiylar ştabi hozirça ikki nafar futbolçining nomzodini körib çiqmoqda.

Messidan keyin 10-raqamli libos Niko Pas yoki Lautaro Martinesga topşirilişi mumkin. Biroq bu borada hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Eslatib ötamiz, Messi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlaşuv uçraşuvini oktyabr oyida ötkazgan. Janubiy amerikaliklar esa yozda bölib ötgan Jahon çempionati finalida Ispaniyaga imkoniyatni boy bergandi.

Argentina terma jamoasi noyabr oyida Urugvay va Kosta-Rikaga qarşi örtoqlik uçraşuvlarida maydonga tuşadi.

Ўхшаш янгиликлар