Rossiyalik ekspert: «Rossiya Özbekistondan kuçliroq, biz favoritmiz»

  • Mr.NoBoDy 10.11.2026 17:33
  • 257
  • 30

Moskva «Lokomotiv» klubining sobiq prezidenti Ilya Gerkus Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvi oldidan öz fikrlarini bildirdi.

«Yevro-Futbol.Ru» naşriga bergan intervyusida Gerkus Özbekiston terma jamoasining salohiyatini e’tirof etdi, biroq bölajak bahsda Rossiyani favorit deb hisoblaşini ta’kidladi.

«Özbekistonga qarşi öyinni albatta tomoşa qilaman. Venesuela bilan uçraşuvni köriş-körmasligimni hali hal qilmadim. Özbekiston yozda AQŞda ötkazilgan Jahon çempionatida iştirok etdi. Şu bois ularni tajribali jamoa deyiş mumkin. Bu terma jamoaning öyinini kuzatiş qiziq böladi», — dedi Gerkus.

Undan Özbekistonning Rossiya ustidan ğalaba qozoniş imkoniyati haqida ham söraşdi.

«Futbolda har qanday natija bölişi mumkin. Ammo menimça, biz oldindan kuçliroq jamoa hisoblanamiz va bu uçraşuvga favorit sifatida çiqamiz», — deya javob berdi «Lokomotiv»ning sobiq prezidenti.

Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasidagi uçraşuv 12 noyabr, payşanba kuni bölib ötadi. Bahs Toşkent vaqti bilan soat 20:00 da boşlanadi.

Ўхшаш янгиликлар