Neymar faoliyatini qaçon yakunlaşini ma’lum qildi

  • Mr.NoBoDy 10.11.2026 16:44
  • 198
  • 30

Braziliyalik maşhur hujumçi Neymar professional faoliyatini yana uzoq yillar davom ettiriş niyatida emasligini ma’lum qildi.

34 yoşli «Santos» futbolçisi tizzasidagi muammolar sabab yuqori darajada yana beş-olti yil öynay olmasligini ta’kidladi. Şu bilan birga, u 2030 yilda Jerar Pike tomonidan taşkil etilgan Kings League mediafutbol musobaqasida qatnaşiş istagini bildirdi.

«Men Kings League'da öynaşni xohlayman. Buni 2030 yilda amalga oşiraman. Faoliyatimni davom ettiriş uçun yana beş-olti yilim bormi? Yöq. Agar sening ham tizzang meniki kabi bölganida, buni tuşungan bölarding», — deya Neymarning sözlarini keltiradi RMC Sport.

Braziliyalik futbolçi 2026 yil davomida barça musobaqalarda 27 ta uçraşuv ötkazib, 10 ta gol va 8 ta golli uzatma qayd etgan.

Neymarning «Santos» bilan amaldagi şartnomasi 2026 yil dekabr oyi oxirida yakuniga yetadi. Futbolçi professional faoliyatini tugatişning aniq sanasini hozirça e’lon qilmagan.

Ўхшаш янгиликлар