Nihoyat! Fabio Kannavaro noyabrdagi FIFA kunlari uchun O'zbekiston terma jamoasiga chaqirgan futbolchilar nomi ma'lum bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 08.11.2026 20:56
  • 322
  • 30

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida milliy jamoaga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Vladimir Nazarov ("Paxtakor"), Edem Nemanov ("Dinamo Samarqand"), Samadar Muratbaev ("Nasaf").

Himoyachilar: Rustamjon Ashurmatov ("Istiqlol", Eron), Jahongir Urozov ("Rubin", Rossiya), Behruzjon Karimov ("Lugano", Shveytsariya), Sherzod Nasrullaev ("Paxtakor"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), G'iyosjon Rizaqulov ("Qizilqum"), Mahmudjon Mahamadjonov ("Dinamo Maxachqala", Rossiya), Dilshod Murtozoev ("Nasaf").

Yarim himoyachilar: Odiljon Xamrobekov ("Traktor", Eron), Azizbek Tulkunbekov ("Bunyodkor"), Akmal Mozgovoy ("Paxtakor"), Azizjon Ganiev ("Baniyas", BAA), Sherzod Esanov ("Buxoro"), Umarali Rahmonaliev ("Sabax", Ozarbayjon), Diyor Xolmatov ("Navbahor"), Behruz Uktamov ("Surxon"), Abrorbek Ismoilov ("Neftchi"), Dostonbek Xamdamov ("Paxtakor"), Ruslan Jiyanov ("Navbahor"), Jasur Jaloliddinov ("Navbahor"), Abbos Fayzullayev ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), Nodir Abdurazzokov (OKMK), Aziz Xolmurodov (OKMK).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), Xusayn Norchaev ("Navbahor"), Azizbek Amonov ("Dinamo Samarqand").

Abduqodir Husanov noyabr oyidagi yig'inga jalb etilmadi, Eldor Shomurodov esa yig'inning dastlabki kunlarini o'tkazib yuboradi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'inida Abduqodir Husanov ishtirok etmaydi.

Milliy terma jamoa murabbiylar va tibbiy shtabi himoyachimizning holatidan kelib chiqib, uning tiklanish jarayonlarini davom ettirish maqsadida futbolchini yig'inga jalb etmaslikka qaror qildi.

Qaydnomaga kiritilgan hujumchimiz Eldor Shomurodov esa oilaviy sabablarga ko'ra yig'inning dastlabki kunlarini o'tkazib yuboradi.

Bo'lajak uchrashuvlar:

O'zbekiston - Rossiya

12.11, 20:00. Toshkent, "Paxtakor" stadioni.

Saudiya Arabistoni - O'zbekiston

17.11, 20:30. Doha, "Jassim bin Hamad" stadioni.

photo_2026-11-08_20-50-37.jpg

Ўхшаш янгиликлар