Jahongir O'rozov O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi

  • Mr.NoBoDy 08.11.2026 16:40
  • 141
  • 30

Rossiyaning "Rubin" klubi himoyachisi Jahongir O'rozov O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi uchrashuvlariga chaqiruv oldi.

Bu haqda Qozon klubi matbuot xizmati xabar berdi.

"Rubin"ning ma'lum qilishicha, O'rozov O'zbekiston milliy terma jamoasining Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun chaqirilgan.

Avvalroq Belgiyaning "Antverpen" klubi hujumchisi Muhammadali O'rinboev ham milliy terma jamoaga chaqirilgani ma'lum bo'lgan edi. Bu haqda futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi "Futureball" agentligi xabar bergandi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 12 noyabr kuni Toshkentda Rossiyaga qarshi maydonga tushadi. Bahs "Paxtakor" markaziy stadionida soat 20:00 da boshlanadi.

17 noyabr kuni esa vakillarimiz Qatar poytaxti Doha shahrida Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Qayd etish joiz, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi noyabr oyidagi uchrashuvlar uchun milliy terma jamoaning yakuniy tarkibini hali e'lon qilmagan. Biroq xorijiy klublar o'zbekistonlik futbolchilarning terma jamoaga chaqirilgani haqida ma'lumot bermoqda.

Ўхшаш янгиликлар