Abduqodir Husanov O'zbekiston terma jamoasining noyabrdagi yig'iniga kelmaydi

  • Mr.NoBoDy 08.11.2026 20:40
  • 100
  • 30

"Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov O'zbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi o'rtoqlik o'yinlarida qatnashmaydi.

Championat.asia bosh muharriri Narzullay Saydullaevning yozishicha, Husanov “Nottingem Forest”ga qarshi Angliya Premer-ligasi bahsida jarohat olgan va shu sabab milliy jamoaning noyabrdagi yig'inida qatnasha olmaydi. Kichik jarohat kattalashib ketmasligi uchun himoyachiga dam beriladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар