U-17 JCH. O'zbekistonning guruhdagi raqibi – Italiya yakuniy tarkibini e'lon qildi

  • Mr.NoBoDy 08.11.2026 16:32
  • 121
  • 30

Italiyaning 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat terma jamoasi bosh murabbiyi Daniele Francheskini Qatarda o'tkaziladigan U-17 jahon chempionatiga tayyorgarlik yig'ini uchun 21 nafar futbolchini chaqirdi.

Italiya futbol federatsiyasi ma'lum qilishicha, jamoa 12–15 noyabr kunlari Rimdagi "Julio Onesti" olimpiya tayyorgarlik markazida mashg'ulot o'tkazadi. 16 noyabr kuni esa Doha shahriga yo'l oladi.

Yig'inga jalb qilingan futbolchilarning 19 nafari 2009 yilda, ikki nafari esa 2010 yilda tug'ilgan. Ular orasida "Yuventus", "Inter", "Roma", "Atalanta", "Fiorentina" va boshqa klublar tarbiyalanuvchilari bor.

Italiya terma jamoasining yig'in uchun tarkibi:

Darvozabonlar: Lorenco Kostoli ("Jenoa"), Karlo Galera ("Inter"), Kristian Lupo ("Lechche").

Himoyachilar: Matteo Albini ("Komo"), Jampaolo Bonifaci ("Roma"), Yakopo Del Fabro ("Yuventus"), Jibril Diallo ("Parma"), Andrea Donato ("Inter"), Davide Rigo ("Yuventus"), Ludoviko Varali ("Parma").

Yarim himoyachilar: Rikkardo Kassano ("Komo"), Franchesko Gasparello ("Atalanta"), Joele Jammattei ("Roma"), Janluka Tommazo Okon-Engstler ("Bryugge"), Franchesko Oliveri ("Atalanta").

Hujumchilar: Tommazo Kazagrande ("Verona"), Tomas Korilyano ("Yuventus"), Federiko Krochi ("Fiorentina"), Marchello Fugaccola ("Atalanta"), Yakopo Landi ("Lacio"), Diego Perillo ("Atalanta").

Ma'lumot uchun, Italiya terma jamoasi 2026 yil iyun oyida 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Yevropa chempioni bo'lgan. Jamoa o'tgan yili Qatarda o'tkazilgan jahon chempionatida esa bronza medalini qo'lga kiritgan.

19 noyabrdan 13 dekabrga qadar Qatarda o'tkaziladigan U-17 jahon chempionatida Italiya O'zbekiston, Yamayka va Kot-d'Ivuar bilan birga E guruhidan joy olgan.

O'zbekiston U-17 terma jamoasining guruh bosqichidagi o'yinlari:

- 20 noyabr, 21:00 – Kot-d'Ivuar – O'zbekiston;
- 23 noyabr, 18:00 – O'zbekiston – Yamayka;
- 26 noyabr, 19:00 – O'zbekiston – Italiya.

Barcha vaqtlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

O'zbekiston va Italiya o'rtasidagi so'nggi tur uchrashuvi Doha shahridagi Aspire Zone majmuasining 5-maydonida bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар