Mourinyu "Real"ning bir hafta ichidagi uchta o'yini haqida: "Tebas ligasi haqida gapirganda ehtiyot bo'lishim kerak"

  • Mr.NoBoDy 08.11.2026 15:40
  • 230
  • 30

"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Valensiya"ga (3:0) qarshi kechgan o'yindan so'ng La Liga taqvimidan noroziligini bildirib o'tdi.

Madridliklar so'nggi 7 kun ichida uchta uchrashuv o'tkazishdi (bunga CHL doirasida AEKga qarshi safarda kechgan bahs (3:2) ham kiradi).

"Tebas ligasi haqida gapirganda ehtiyot bo'lishim kerak, chunki bor hokimiyat ularning qo'lida. Bu g'ayriinsoniy vazifa demoqchi emasman, chunki nazariy jihatdan bunday o'ynashning iloji bor, garchi bu oson bo'lmasa-da. Agar bu qandaydir hazil bo'lsa - boshqa birov bilan hazillashishsin.

Bunday o'yinlar marafoni - bu ortiqcha. Agar futbolchilar o'zimizda qolganida, ularning tiklanish jarayoniga alohida e'tibor qaratgan bo'lardik. Biroq ular terma jamoalarga yo'l olishadi, milliy jamoalar murabbiylari esa ular bilan ishlashni xohlashadi. O'yinchilarga esa keyinroq yana maydonga tushish va kuch to'plash uchun hozir dam olish zarur.

Futbolchilar juda charchashgan. Dushanba, seshanba va chorshanba kunlari ular hali ham jismoniy yuklamalardan so'ng tiklanish bilan band bo'lishadi. Ruhiy charchoq yo'q, chunki g'oliblar buni his qilishmaydi. Ammo biz terma jamoalar murabbiylarini hurmat qilishimiz kerak", - dedi Mourinyu.

Ўхшаш янгиликлар