
FIFA Apellyasiya qömitasi Argentina terma jamoasi futbolçilari Nauel Molina va Leandro Paredesga nisbatan belgilangan jazolarni qayta körib çiqdi.
Gap JÇ-2026 finalida Argentinaning Ispaniyaga 0:1 hisobida mağlub bölganidan keyin yuzaga kelgan ommaviy janjal haqida ketmoqda.
Uçraşuvdan söng Molina Ispaniya terma jamoasi sardori Rodrining kökragiga qöli bilan zarba bergan. Keyinçalik boşqa futbolçilar ham mojaroga aralaşgan.
Jumladan, Paredes Erik Garsiyani turtib, uning tomoğidan uşlagan, söng janjalga aralaşgan Gavini maydonga yiqitgan. Argentina murabbiylar ştabi a’zosi Roberto Ayyala esa Dani Olmo bilan tortişuv davomida uning yuziga zarba bergan.
Dastlab FIFA Paredesni 10 ta, Molinani esa 7 ta uçraşuvga diskvalifikasiya qilib, har ikki futbolçiga 90 ming dollardan jarima solgan edi.
Apellyasiyadan keyin Molinaning jazosi 4 ta öyingaça, jarimasi esa 60 ming dollargaça kamaytirildi. Paredesga belgilangan 10 öyinlik diskvalifikasiya va 90 ming dollarlik jarima özgarişsiz qoldirildi.
Argentina futbol assosiasiyasi (AFA) FIFAning mazkur qarori ustidan Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilişini ma’lum qildi.