Koke bitta klub safida 750 tao'yin o'tkazgan 3-ispaniyalik futbolchi bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 04.11.2026 08:32
  • 98
  • 30

3 noyabr kuni ispaniyalik futbolchi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 4-turidan o'rin olgan "Bavariya"ga qarshi o'yinda (0:2) maydonga zaxiradan qo'shildi.

34 yoshli xavbek "matraschilar" asosiy jamoasi safida 750 ta uchrashuv o'tkazishga muvaffaq bo'lgan klub tarixidagi ilk futbolchiga aylandi.

Shuningdek, Koke bitta klub tarkibida ushbu marraga erishgan ispan futboli tarixidagi uchinchi o'yinchi bo'ldi. Bunga qadar bunday natija faqatgina "Barselona"ning sobiq futbolchilari Lionel Messi (778 ta o'yin) va Xaviga (767 ta o'yin) nasib etgan edi.

Koke "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2009 yildan beri asosiy jamoada to'p surib kelmoqda. Madridliklar safida yarim himoyachi ikki bor Ispaniya chempioni bo'lgan va ikki marta Yevropa ligasida g'olib chiqqan.

Ўхшаш янгиликлар