
"Bu murakkab o'yin bo'ldi. O'ylaymanki, biz o'yinni yomon boshmadik, bari qiyin bo'lishini bilar edik: ular butun mavsum davomida atigi bitta mag'lubiyatga uchragan xolos. Bu juda, juda yaxshi jamoa.
Biz yaxshi boshladik, biroq gol xuddi osmondan tushgan chaqmoqdek bo'ldi. O'zimizga bir nechta muammolarni yaratib qo'ydik. Qaysidir manoda buni tushunib ham bo'ladi, seriyamizni hisobga olsak: biroz taranglik va vaqti-vaqti bilan hayajon bor edi.
Keyin esa birinchi bo'lim oxiriga borib o'yinga biroz kirishib ketganimiz sezildi va tanaffusda yigitlarga ijobiy kayfiyat zarurligini aytdim. Bu yerda har qanday narsa sodir bo'lishi mumkin, buni shu yillar davomida ko'p marta ko'rganman. Faqatgina nimadir o'xshay boshlashi kerak xolos. Va yigitlar ikkinchi bo'limda shunchaki fantastik tarjimada harakat qilishdi. Ular taslim bo'lishmadi, kayfiyatlari tushib kyetmadi va oqibatda aynan o'zlari loyiq bo'lgan natijaga erishishdi.", - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi UEFAga bergan intervyusida.