
Braziliyalik sobiq futbolçi Rikardo Kaka uçun Milan şahri oddiy maskan emas. Uning ta’kidlaşiça, bu şahar uning uçun ikkinçi uyga aylangan. Sobiq yulduz «Milan» safidagi faoliyati davomida yuz bergan eng muhim voqealarni esladi.
«Milan haqida öylaganimda, xayolimga birinçi bölib “ikkinçi uyim” degan ibora keladi. Bu şahar men uçun aynan şunday», — deya Kaka sözlarini pianetamilan.it naşri keltirmoqda.
Kaka «Milan» safida 2003 yildan 2009 yilgaça töp tepgan. Şuningdek, u 2013/14 yilgi mavsumda yana bir bor jamoaga qaytgan.
Braziliyalik futbolçi 2007 yilda «Milan» a’zosi sifatida «Oltin töp» sovrinini qölga kiritgan. Uşbu mukofotni «rossoneri» safida qölga kiritgan sönggi futbolçi hisoblanadi.