
Avstraliyalik mutaxassis o'yindan keyingi matbuot anjumanida Krishtianu Ronalduning yo'qligiga qaramay, jamoasi oltita gol urgani haqidagi savolga javob berdi.
“Ronalduning yo'qligini jamoamiz urgan gollar soni bilan bog'lash to'g'ri emas. O'tgan uchrashuvda u maydonda edi va biz beshta gol urdik. Ularning uchtasini Ronalduning o'zi kiritdi.
Biz uchun eng muhimi – maydonga qaysi futbolchilar tushishidan qati nazar, g'alaba qozonish va o'zimiz istagan o'yinni namoyish etish”, – dedi Postekoglu.
Eslatib o'tamiz, “Al Nassr” Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi avvalgi uchrashuvida “Al-Xulud”ni 5:3 hisobida mag'lub etgandi. Mazkur bahsda Krishtianu Ronaldu xet-trik qayd etgan.
Portugaliyalik hujumchi “Paxtakor”ga qarshi uchrashuv uchun Toshkentga kelmagan bo'lsa-da, “Al Nassr” 6:2 hisobida g'alaba qozondi.