"Manchester Yunayted" "Bavariya"ning 60 million evrolik yarim himoyachisiga qiziqmoqda

  • Mr.NoBoDy 02.11.2026 19:08
  • 5216
  • 30

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Karl Lennart faoliyatini tumanli Albionda davom ettirish varianti paydo bo'ldi.

Bu haqda “TEAMtalk“ xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 18 yoshli xavbekning transferiga MYU qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, Germaniya grandi o'z iqtidorini Angliya klubiga qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti.

Karl 2025 yilning yozidan buyon "Bavariya"ning asosiy jamoasida to'p tepib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2029 yil iyun oyi oxirida yakuniga etadi, uning transfer qiymati esa 60 million evroga baholanmoqda.

Germaniya chempionatining joriy mavsumida Lennart 7 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol muallifi bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар