
– Siz chiroyli gol urdingiz, ammo jamoangiz 6-2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ushbu natijani qanday izohlaysiz?
– Saudiyaning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Gol urganimdan xursandman. Bu biz xohlagan natija emas edi, lekin jamoalar o'rtasidagi farqni bilamiz, shuning uchun qo'limizdan kelganini qildik.
– Sizning uzatmangizdan so'ng Mozgovoy tomonidan urilgan gol bekor qilindi. VAR qarori haqida qanday fikrdasiz?
– Bu haqda gapirmaslikni maqul ko'raman. Chiroyli gol bo'lgandi. Agar o'yindan tashqari holat bo'lmaganida, bu yaxshi natija bo'lardi.