Elit OCHL. "Neftchi" bir kishi kam bo'lib qolgan "Traktor"dan so'nggi daqiqada gol o'tkazib yuborib, g'alabadan quruq qoldi

  • Mr.NoBoDy 02.11.2026 23:08
  • 1609
  • 30

Osiyo Elit Chempionlar ligasi 4-tur bahsi yakunlandi.

Osiyo Elit Chempionlar ligasi, 4-tur

Maskat, "Sulton Qobus" sport majmuasi.

"Traktor" - "Neftchi" 2:2

Gollar: 55 - Stipe Perica, 82 - Tomislav Shtrkal, 90+4 - Vladimir Yovovich, 90+9 - Masud Zaerkazemayn

"Traktor":81. Parsa Jafari, 3. Shojae Xalilzade, 5. Odiljon Hamrobekov, 7. Tibor Xalilovich (17. Masud Zaerkazemayn, 84’), 11. Danial Ismoilifar (6. Sayid Mehdi Husayni, 84’), 18. Sodiq Muharrami (10. Hadi Habibinejad, 61’), 22. Muhammad Naderi, 33. Farshad Faraji, 58. Muhammad Daneshgar (20. Mahdi Hoshemnejad, 46’), 70. Shahriyar Mug'anlu (19. Tomislav Shtrkal, 37’), 99. Amirhusayn Huseynzade.

Zaxira: 2. Mehdi Shiri, 23. Yasin Zare, 27. Amirali Xorrami, 88. Said Karimazar.

"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 3. Mishel Augusto, 4. Boyan Ciger (9. Xurshid G'iyosov, 85’), 6. Ibrohim Halil Yo'ldoshev, 11. Asilbek Jumaev (7. Abrorbek Ismoilov, 46’), 15. Nurmuhammad Abdug'aniev (18. Stipe Perica, 54’), 22. Alisher Odilov, 31. Medeyros Sasse Yan, 34. Farrux Sayfiev, 77. Francisko Yurani (8. Vladimir Yovovich, 76’), 88. Markus Forss (10. Jamshid Iskanderov, 46’).

Zaxira: 2. Izzatillo Po'latov, 19. Azizbek Erimbetov, 27. Nurbek Sarsenbaev, 30. Rustambek Fomin, 45. Akbar To'raev, 71. Toshmirzaev Bilolxon.

Ogohlantirishlar: 78 - Medeyros Sasse Yan

Chetlatish: 62 - Farshad Faraji

90+14. O'yin yakunlandi.

90+13. Oxirgi hujumlarimizdan biri ham muvaffaqiyatsiz tugadi.

90+10. Mana endi Ibrohimhalilga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

90+9. GOL! Zaerkazemayn hisobni tenglashtirdi. Ibrohimhalil jarohat olgan payti hech to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubormadi. Natijada Masud gol urib ketdi.

90+8. Eronliklar bosimni oshirishmoqda.

90+5. Ajoyib o'yin, chiroyli gol! Buyog'iga endi o'tkazib yubormaslik kerak!

90+4. GOOOOOOOOL! Yovovich hisobni oshirdi! Vladimirning uzoqdan yo'llagan zarbasi darvoza to'ridan joy oldi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 9 daqiqa qo'shib berildi.

88. Yovovichning zarbasidan so'ng Iskanderov to'pni darvozaga yo'lladi, biroq noaniq ketdi…

87. Abror Ismoilovning kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.

86. Odilovning chapdan uzatgan to'pi sherigiga yetib kelmadi, raqib himoyachilari qaytarib qolishdi.

83. Bir kishi ko'p bo'lsa-da, “Neftchi” gol o'tkazib yubordi. Buyog'iga hujumlar sonini oshirish lozim.

82. GOL! Shtrkal hisobni tenglashtirdi. “Traktor” qarshi hujumga o'tib ketdi, Tomislav esa Botiralining ustidan to'pni oshirib, gol urdi.

79. Yan Sassening erlatib bergan zarbasidan so'ng to'pni darvozabon qaytardi.

79. Perica darvozaga yaqin masofada zarba berdi, biroq kuchsiz chiqdi.

75. Ratino ham jarohat olgan ko'rinadi, almashtirilishi aytilmoqda. Yovovich tayyorgarlik ko'rmoqda.

74. Habibinejadning uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi.

72. Shtrkal Abrorning boshidan turtib ketmoqda, shundan so'ng farg'onaliklar unga etiroz bildirishdi.

72. Ismoilov raqib maydonchasi ichida yiqildi, biroq bu vaziyatda qoidabuzarlik bo'lmaganini qayd etildi.

69. Maydonda qo'polliklar ko'paymoqda, aniqrog'i, mezbonlar asabiy holda qo'pol o'ynashmoqda.

62. Faraji Cigerning yuziga tepib yubordi. Bosh hakam unga qizil kartochka ko'rsatdi! “Traktor” 10 kishi bo'lib o'yinni davom ettiradi endi!

60. Eronliklar hujumga o'tmoqda endi.

2026-11-02 22.33.32.jpg

56. Gol ko'rdik o'yinda, buyog'iga farg'onaliklardan yanada faollik kutamiz!

55. GOOOL! Perica hisobni ochdi! Imoilovning uzatmasidan so'ng Stipe darvozani ishg'ol qildi!

54. Nurmuhammad Abdug'aniev jarohat sabab o'yinni davom ettirolmaydigan bo'ldi. O'rniga Perica tushdi.

52. “Neftchi” yaxshi qarshi hujumga o'tgandi, ammo Iskanderovning chapdan uzatgan to'pi sherigiga yetib bormadi…

49. Huseynzadening uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Ergashev ushlab oldi.

46. Bo'lim avvalida mezbonlarda bir, farg'onaliklarda ikkita o'zgarish amalga oshirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+5. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45+3. “Neftchi” jarima maydonchasi ichida palapartishlikdan so'ng Odiljon Hamrobekov darvozaga zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi.

45+2. Farg'onaliklar yaxshi qarshi hujumga o'tib ketishdi, ammo Forss o'ziga uzatib berilgan to'pga eta olmadi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

42. Yana bir zarba bo'ldi Yan Sassedan, biroq bunisi o'ta noaniq bo'ldi.

31. “Neftchi”dan yana bir hujum, Sassening zarbasini darvozabon qaytarib yubordi.

2026-11-02 21.42.43.jpg

29. Alisher Odilovning zarbasi aniq bo'lmadi.

26. Temp biroz pasaydi, o'tgan daqiqalarda aytarli xavfli vaziyat ko'rmadik.

17. Yuranining uzoqdan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi.

15. Sekin asta rasmiy mezbonlar ham hujumlar tashkil etishga urinmoqda.

6. Sassening zarbasi noaniq bo'ldi.

5. Farg'onaliklardan yaxshi hujum, Forss qulay vaziyatdan zarba berdi, biroq gol ura olmadi.

2. O'yinning ilk daqiqalaridanoq kurashlar boshlanib ketdi.

1. O'yin boshlandi.

2026-11-02 21.42.31.jpg2026-11-02 21.42.33.jpg2026-11-02 21.42.34.jpg

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Elit OCHL 4-turidan o'rin olgan "Traktor" - "Neftchi" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz.

Ўхшаш янгиликлар