
Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, "qizil iblislar" qishki transfer oynasi oldidan fransiyalik hujumchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Matetaning "burgutlar" bilan tuzgan bitimi kelgusi yilning yozida yakuniga etadi, tomonlar esa hozircha hamkorlikni uzaytirish bo'yicha kelishib olishmagan.
29 yoshli forvard Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 4 ta o'yin o'tkazib, 1 ta qizil kartochka oldi. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.