Rojers "Chelsi" borasida bayonot berdi

  • Mr.NoBoDy 02.11.2026 17:16
  • 979
  • 30

"Aston Villa"dan Londonning "Chelsi" klubiga o'tgan hujumkor yarim himoyachi Morgan Rojers "aristokratlar" safiga moslashishi haqida gapirib berdi.

"Menga bu klubdagi hamma narsa yoqmoqda. Bu men uchun yangi chorlov. Eng muhimi, bizda ahil jamoa bo'lishi kerak. Yetakchi bo'lishni va eng yaxshi uddalaydigan ishimni qilishni istayman. Faoliyatim ajoyib boshlandi, endi shu ruhda davom etish lozim", – dedi Rojers.

24 yoshli futbolchining transferi "ko'klar" uchun 138 million evroga tushdi. U 2033 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Morgan APL joriy mavsumida 9 ta uchrashuv o'tkazib, 5 ta gol urdi.

Ўхшаш янгиликлар