
"Agar Maykl Kerrik 10 yil davomida yaxshi ishlab, keyin ketishga qaror qilsa va mendan jamoani 2 oyga boshqarib turishni so'rashsa, albatta yo'q demayman. Men bu klubda 18–19 yil o'tkazdim, shuning uchun u men uchun oilamdek. Lekin hozir bu haqda o'ylayotganim yo'q. Shuningdek, u yerda hali yakuniga etmagan ishlarim qolgandek his qilaman. Albatta, yana bunday imkoniyatga ega bo'lish ajoyib bo'lardi", – deya Sulsherning so'zlarini keltiradi TV 2.
Norvegiyalik mutaxassis MYUni 2018 yildan 2021 yilgacha boshqargan.
9 turdan so'ng "Manchester Yunayted" 7 ochko bilan APL turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.