
- O'yin haqida fikringiz?
- Juda chiroyli uchrashuv kechdi. O'yin derbi maqomida bo'ldi. Bizga biroz omad yetishmadi. "FarDU"ni g'alaba bilan tabriklayman va Superliga yo'llanmasi uchun omad tilayman. Bizning jamoa sekin-sekin rivojlanyapti. Hali ishlaydigan jihatlarimiz ko'p deb o'ylayman.
- Tajribali futbolchilardan Akbar Abdurasulov bilan Elnur Turg'unov bugun zaxirada qolishdi. Bunga izoh bersangiz?
- Safimizda 26-27 nafar futbolchi bor. Mashg'ulotlarda hammani ko'ramiz va shunga qarab asosiy tarkibni aniqlaymiz. Siz aytgan futbolchilar ishlashda davom etsa, balki keyingi uchrashuvda asosiy tarkibda tushishlari mumkin.
- 30-raqamdagi Miraziz Mahamadalievni asosiy tarkibda tushirdingiz. U birinchi bo'limda yaxshi harakat qildi. Lekin ikkinchi bo'lim boshidayoq almashtirdingiz.
- Uning sariq kartochkasi bor edi, shu bois zaxiraga oldik. Chunki o'yinda har xil vaziyat bo'lishi mumkin.
- Keyingi uchurashuvni "Yaypan" o'z maydonida "Lochin"ga qarshi o'tkazadi.
- Biz odatdagidek bu o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Chiroyli o'yin ko'rsatib g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Maydonga chiqib o'z ishimizni qilamiz. Bitta o'yin qoldi, shuni yaxshi o'tkazib keyingi mavsum rejalarini o'ylaymiz.
- Bosh murabbiy bo'lganingizdan beri tarkib ancha yoshardi. Kerak bo'lsa U-19dan ham futbolchilarni taklif etyapsiz.
- Yoshlar o'zini ko'rsatyapti va asosiy jamoaga chaqiruv olyapti. Yoshlar faqat U-19da o'ynayversa shu bo'yicha qolib ketadi. Shuning uchun ularni katta jamoaga tortish kerak.
- Muzaffarxon Mo'minov bilan Akbarxon Ibrohimxonov ancha yorqin mavsumni o'tkazdi. Ularga boshqa klublardan taklif tushsa ko'rib chiqiladimi?
- Agar Superligadan taklif bo'lsa, bundan faqat xursand bo'lamiz. Agar Proligadan taklif tushsa, boshqa jamoaga ketishning foydasi yo'q deb o'ylayman. Negaki ular ham Proliga, biz ham Proliga. Superliga klublari esa boshqa masala. Agar Superligadan taklif tushsa hammani qo'yib yuboramiz.