
- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun har ikki jamoa yaxshi futbol namoyish etdi. Vaziyatlarga boy uchrashuv kechdi. Bugun o'yin amaliyoti kam futbolchilarga ham imkon berdik. Afsuski, tajriba kamligini pand berib o'yin oxirlarida gol o'tkazib yubordik.
- Zaxiradan tushganlardan ko'nglingiz to'ldimi?
- Umuman hamma o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Bugun eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Faqat qarshi hujumlarda o'zimizni ko'rsata olmadik. "Metallurg" yaxshi jamoa va yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Bir necha bor qarshi hujumlarga chiqdik, faqat omad kelmadi.
- G'alabani saqlab qolish uchun nima yetishmadi?
- Juda ham oddiy gol o'tkazib yubordik. Bolalarcha xatoga yo'l qo'ydik.
- "Lochin" yangi stadionga qaytganidan so'ng ikkita o'yin o'tkazib, bir mag'lubiyat va bir durang qayd etdi. G'alaba qozonish uchun ortiqcha hayajon bormi?
- Hayajon birinchi o'yinda bilindi, balki buni tushunsa bo'lar, lekin ikkinchi bellashuvda umuman hayajon bo'lmadi. Biz yaxshi futbol namoyish etdik, lekin omad kelmadi.
- Raqib ustozi Ilyos Qurbonov "Lochin"dan Sardor Saidovni alohida etirof etdi. Bu futbolchi Superliga uchun tayyormi?
- Sardor Saidovda salohiyat juda yuqori. O'yinni tushunishi va driblingi juda yaxshi. U bemalol Superliga jamoalarida o'ynab keta oladi.
- Bugun asosiy tarkibda tushgan Asadbek Samariddinovning o'yini borasida fikringiz?
- Asadbek har qanday o'yinda jamoaga yordam berib kelyapti. U 8ta gol bilan jamoamizning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Asadbek ham to'p bilan, ham to'psiz yaxshi o'yin namoyish eta oladi. U bizning eng yaxshi futbolchilarimizdan biri.