Sofascore. 15 daqiqa harakat qilgan Fayzullayev eng yaxshi futbolchi bo'ldi. Shomurodovchi?

  • Mr.NoBoDy 02.11.2026 08:08
  • 833
  • 30

Turkiya Superligasi 10-tur doirasidagi "Bashakshexir" - "Samsunspor" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 83-daqiqada zaxiraga olindi. Quvonarlisi, forvard 10-daqiqada raqib darvozasiga to'p kiritib, hisobni ochdi. Jamoa yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev 78-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi va 90+1 daqiqada o'z hisobini tabloga yozdirib qo'ydi.

Sofascore nashri kechagi uchrashuv uchun Shomurodovga 7.4 baho qo'ydi. Fayzullay esa 8.4 bahoga loyiq ko'rildi. Shu tariqa, Abbos kechagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Snimok ekrana 2026-11-02 074428.pngSnimok ekrana 2026-11-02 074447.png

Ўхшаш янгиликлар