
Superliga
26-tur
"Lokomotiv" – OKMK 1:2
Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 15:00
Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov penalti 11’ – Aziz Xolmurodov 1’, Siyavash Haqnazariy (Ali Abdurahmonov) 90’
Bosh hakam: Nayim Qosimov
Yordamchi hakamlar: Zufar Elibaev, Akmal G'iyosov
Zaxira hakami: To'rabek Suyunov
VAR: Jasur Muxtorov
AVAR: Shohruh Maqsudov
Nazoratchi: Hakim Saidqasimov
Komissar: Shohruh Said
"Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 8.Bilol Tupliev (,7.Quvonch Abraev, 71), 11.Temurxo'ja Abduholiqov, 15.Aleksandp Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev, 18.Oleksandr Kucherenko, 22.Sunnatilla Poyonov, 23.Diyorjon Turopov (70.Muhammadali Reimov, 80), 33.Oleg Zoteev, 45.Yovan Nishich, 99.Jasur Yaxshiboev (10.Shodiyor Shodiboev, 71).
Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 9.Suhrob Nurulloev, 14.Nikolay Ivanov, 27.Ozodbek O'ktamov, 41.Bobur Abdujabborov, 61.Nurlan Ibraimov.
OKMK: 23.Hamidullo Abdunabiev, 4.Mirjamol Qosimov (86.Siyavash Haqnazariy, 65), 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliev, 8.Abubakr Rizo Turdialiev (7.Dilshod Ahmadaliev, 65), 9.Aziz Xolmurodov (17.Nodir Abdurazzoqov, 65), 10.Asad Sobirjonov (21.Xazrat Tursunqulov, 85), 19.Ahmadullo Muqumjonov, 28.Arixiro Sentoku, 44.Abror Karimov, 77.Ivan Peshich.
Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 11.Ali Abdurahmonov, 22.Saidafzalxon Axrorov, 27.Urosh Koyich, 30.Abror Sarimsoqov.
Ogohlantirishlar: Abubakr Rizo Turdialiev (60), Abror Karimov (88), Sardor Mirzaev (90+1).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+5. VAR vaziyatni o'rganib chiqdi va penalti yo'q.
90+3. Shodiboev O'lmasaliev bilan to'qnashuvdan keyin yiqildi, “temiryo'lchilar” penalti talab qilmoqda.
90+1. Sardor Mirzaev etiroz uchun ogohlantirildi.
90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi.
90. GOL! Abdurahmonovning pasidan keyin Haqnazariy chap oyoqda zarba yo'llab, darvozani ishhol etdi - 1:2!
89. “Lokomotiv”da 2 ta almashtirish: Nishich o'rniga Ivanov, Mirzaev o'rniga Nurulloev bahsga qo'shildi.
88. Abduxoliqovga nisbatan qoidani buzgan Karimov ogohlantirildi.
88. Uuux! Muqumjonovning kuchli zarbasini Kozlov bartaraf etdi.
85. OKMKda almashtirish: Sobirjonov o'rniga Tursunqulov o'yinni tugatib qo'yadi.
83. Zarba! Mirzaevning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi.
80. “Lokomotiv”da o'zgarish: Turopov o'rniga Reimov maydonga tushdi.
79. Zarbaaa! Peshichning havolatib oshirib bergan to'pini Abdurazzoqov bosh bilan darvozaga yo'naltirdi, sal noaniq.
76. Uuuux! Sardor Mirzaevning burchak zarbasidan yo'llagan zarbasidan keyin Abdunabiev uni katta qiyinchilik bilan qaytardi, to'p yo'l-yo'lakay ustunga xam tegdi. Dahshat!
74. Muqumjonovning qanotdan uzatgan pasidan keyin to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
73. Fabio Kannavaro shtabi uchrashuvni stadionda kuzatmoqda.
71. “Lokomotiv”da 2 ta almashtirish: Yaxshiboev o'rniga Shodiboev, Tupliev o'rniga Abraev bahsni davom ettiradi.
69. Abdurazzoqov maydon markaziga yaqin hududda Zoteevni itarib yubordi.
65. OKMKda 3 ta o'zgarish: Turdialiev o'rniga Ahmadaliev, Qosimov o'rniga Haqnazariy, Xolmurodov o'rniga Abdurazzoqov tushirildi.
64. Zarbaa! Qosimovning jarima zarbasi orqali yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi.
62. Zarbaa! Qosimovning kuchli zarbasidan keyin Kucherenko to'pni boshi bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, u to'p darvoza tomon o'tmasligiga hissa qo'shdi.
60. Turdialiev Tuplievga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi.
58. Sobirjonovning chap qanotdan narigi qanotga uzatgan pasidan keyin to'p Turdialievga bormadi va maydonni tark etdi.
55. Xolmurodov oldinga intilib yiqilib tushdi, ammo hakam hech narsa yo'qligini bildirdi.
52. Zoteevning Yaxshiboev tomon uzatmasi sal muvaffaqiyatsiz chiqib qoldi, natijada to'p maydonni tark etdi.
50. Zarba! Sobirjonovning olisdan erlatib yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.
49. Abduxoliqov - Mirzaev - Yaxshiboev kombinaciyasi himoyachilarning sergakligi tufayli yakun topdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob teng. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.
45. Yaxshiboevning jarima zarbasidan havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Abdunabiev to'pni ilib oldi.
42. Turdialiev Tuplievga nisbatan qoidani buzdi.
40. Zarba! Dastlab Tuplievning yaxshi o'ylangan pasi o'tmadi, keyin zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.
35. Uuux! Mirzaevning pasidan so'ng Tupliev darvozabonni aldab o'tdi, ammo burchakka qarab kyetib qoldi. Yaxshi vaziyat edi.
30. Uuux! Abduxoliqovning qulay pasidan so'ng Yaxshiboev birga-bir holatga chiqib borib, darvozabonni aldab o'tmoqchi bo'ldi, biroq Abdunabiev bunga yo'l qo'ymadi. Dahshat!
28. Zarba! Yaxshiboevning zarbasi ancha kuchli, ammo noaniq chiqdi.
27. Maydon markazida Sobirjonov Zoteevni ochiqchasiga yiqitdi.
24. Zarbaa! Tuplievning pasidan so'ng Poyonov xavfli zarba yo'lladi, himoyachi O'lmasaliev jamoasini qutqarib qoldi.
23. Zarba! Sentokuning chap oyoqda bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi.
20. Qosimovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pi maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
19. Zarba! Nishichning olisdan bergan zarbasidan keyin Abdunabiev to'pni egallab oldi.
18. Zarba! Zoteevning pasidan so'ng Mirzaev zarba berdi, Abdunabiev o'z o'rnida!
16. Uuux! Poyonovning pasidan so'ng Abduxoliqov birga-bir holatga chiqib borib, noaniq zarbaga mualliflik qildi
16. Sentokuning qanotdan trivela uslubidagi pasiga Kozlov ega chiqdi.
14. Qosimovning qanotdan oshirib bergan to'pini Kucherenko uzoqlashtirdi.
11. GOL! Temurxo'ja Abduxoliqov penalti orqali hisobni tenglashtirdi - 1:1!
9. Xolmurodov Mirzaevga nisbatan qoidani buzgani uchun penalti belgilandi.
5. Zarba! Qosimovning jarima zarbasi orqali bergan zarbasidan keyin Kozlov to'pni egallab oldi.
1. GOL! Hujumchi Aziz Xolmurodov o'ng oyoqdagi zarbasi orqali pastki burchakni nishonga oldi - 0:1!
1. O'yin boshlandi!