
"Manchester Siti" - "Brayton" 0:1
Gollar: 11 - Yasin Ayari
“Manchester Siti”: 1. Janluiji Donnarumma, 45. Abduqodir Husanov, 3. Ruben Diash, 24. Yoshko Gvardiol (47. Fil Foden, 79’), 27. Mateus Nunesh, 5. Elliot Anderson, 7. Iliman Ndiaye (37. Allan, 79’), 17. Enco Fernandes (33. Niko O'Rayli, 65’), 11. Jeremi Doku, 32. Ayyub Buaddi (10. Rayan Sherki, 55’), 9. Erling Holand.
Zaxira: 28. Xeronimo Ruli, 6. Mark-Izrael Gexi, 22. Vitor Reys, 8. Mateo Kovachich, 82. Riko Lyuis.
“Brayton”: 1. Bart Verbryuggen, 44. Luka Vushkovich, 21. Olive Boskali (3. Jauen Ajam, 64’), 5. Lyuis Dank, 20. Koshtinya, 25. Diego Gomes (10. Jorjino Ryutter, 84’), 29. Maksim De Kyoyper (35. Malik Yalkue, 72’), 13. Paskal Gros, 26. Yasin Ayari, 14. Chema Andres (27. Mats Viffer, 64’), 19. Xaralampos Kostulas (8. Jek Xinshelvud, 72’).
Zaxira: 23. Jeyson Stil, 30. Mixael Svoboda, 33. Mettyu O'Rayli, 11. Yankuba Minte.
Ogohlantirishlar: 20 - Chema Andres, 49 - Maksim De Kyoyper, 81 - Paskal Gros
90+5. O'yin yakunlandi.
90+4. Doku jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi, yana o'sha Verbryuggen qaytardi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
89. Abduqodir Husanov zo'r vaziyatga chiqib zarba berdi, Verbryuggen qaytardi! So'ng O'Rayli ham zarba berdi, ammo noaniq…
88. Jorjino Donnarummaning ustidan oshirib zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi.
81. So'nggi dekada boshlandi, “Man Siti” buyog'iga tempni yanada oshiradi.
76. Ndiaye juda zo'r vaziyatdan zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi…
70. O'Raylidan zarba bosh bilan, anchagina noaniq ketdi.
62. Holandning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvozabon ushlab oldi!
62. Nunesh zo'r vaziyatdan turib zarba berdi, darvozabon qaytardi, keyin Holand ham tepdi, bu esa noaniq bo'ldi.
57. Enconing erlatib bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
54. De Kyoyperning bosh bilan yo'llagan zarbasini Jijji qiyinchilik bilan qaytardi.
52. Ndiayening uzoqdan bergan zarbasini darvozabon qaytardi!
48. De Kyoyper o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga noaniq yo'lladi…
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+2. Ndiayening uzatmasidan so'ng to'p “Brayton” futbolchisiga tegdi. Biroq bu holatda qoida buzilmagan ekan.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
42. Holand qulay vaziyatga chiqib borib zarba berdi, himoyachi to'pni qaytarib yubordi.
34. Yana bir vaziyat “Brayton”da, bunisini Donnarumma bartaraf eta oldi.
25. Ndiaye jarima maydonchasiga kirib borib, zarba berdi, to'pni darvozabon qaytardi!
22. Ndiayening bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi.
21. Anderson jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo yakuniy uzatmada kechikdi…
16. Gvardiolning bosh bilan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.
12. Tezkor gol ko'rdik, “shaharliklar” buyog'iga qanday o'yin ko'rsatishi kuzatamiz.

11. GOL! Ayari hisobni ochdi! O'ngdan uzatilgan to'pni Nunesh qaytara olmadi, natijada ochiq qolgan darvozani Yasin ishg'ol etdi!
7. Mehmonlar tomondan chapdan hujum bo'ldi, markazga uzatilgan to'pni Husanov qaytarib yubordi.
5. Buaddi qulay vaziyatga chiqqandi, biroq darvozaga zarba berolmadi.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APLning 9-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" - "Brayton" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!