iks
ads

Dortmundning "Borussiya" jamoasi o'yinlar vaqtida telefondan foydalanmaganlik uchun muxlislarni sovg'alar bilan rag'batlantiradi

  • Mr.NoBoDy 24.10.2026 14:32
  • 389
  • 30

Dortmundning "Borussiya" klubi uy o'yinlari davomida smartfonlardan foydalanishni kamaytirishga qaratilgan tashabbusni ishga tushirdi.

The Athletic nashrining xabar berishicha, jamoa muxlislarga mobil ilovada maxsus rejimni taklif etadi. Uning yordamida telefondan foydalanmasdan o'tkazilgan vaqt uchun ball to'plash mumkin bo'ladi. Keyinchalik ishtirokchilar sovrinlar, jumladan, o'yinchilar dastxati tushirilgan futbolkalar va klub atributikasini xarid qilish uchun sovg'a kartalariga ega chiqishlari mumkin.

Ilova o'yinlar vaqtida smartfon faolligini kuzatib boradi, biroq tanaffuslar hisobga olinmaydi. Dasturda ishtirok etish ixtiyoriydir.

Ushbu tashabbus stadionga tashrif buyurgan ming nafar tomoshabin o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomadan so'ng yuzaga keldi. Ma'lum bo'lishicha, tribunalardagi selfilar, to'g'ridan-to'g'ri translyatsiyalar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish muxlislarning g'ashiga tobora ko'proq tegmoqda. Vodafone tomonidan 2023 yilda o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra, muxlislarning 63 foizi o'yinlar vaqtida muntazam ravishda smartfonlardan foydalanadi.

"Stadionda 81 mingdan ortiq inson birgalikda qo'shiq kuylaydi, jamoani qo'llab-quvvatlaydi va nafasini ichiga yutadi. Bu lahzalarni hech narsa bilan almashtirib bo'lmaydi", - dedi "Borussiya" bosh direktori Karsten Kramer.

Dastur 24 oktyabr kuni Bundesliga doirasidagi "Ayntraxt"ga qarshi uy o'yinidan boshlab amalga kiritiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar