iks
ads

Superliga. "Neftchi" "Paxtakor" bilan o'yinda g'alabaga erishdi va farqni 5 ochkoga etkazib oldi

  • Mr.NoBoDy 23.10.2026 21:08
  • 386
  • 30

Superliga 25-turining markaziy uchrashuvi "Paxtakor" – "Neftchi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 25-tur

"Paxtakor" – "Neftchi" 1:3

23 oktyabr 2026 yil. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 19:00

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Farhod Usmonov, Elnur Doniyorov, Nikita Mustafin

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Alisher Raximqulov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Dostonbek Hamdamov 23 penalti, - 1:0. Stipe Perica 55, - 1:1 (A.Odilov). Koffi Kuao 66, - 1:2 (I.Aliboev). Jamshid Iskanderov 89 penalti, - 1:3.

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Zaid Tahsin (20.Dilshod Abdullaev, 79), 8.Dilshod Saitov (29.Ayman Hussayn, 83), 9.Ibrohim Ibragimov, 17.Dostonbek Hamdamov (77.Oybek Bozorov, 75), 21.Bashar Resan (7.Hojiakbar Alijonov, 75), 23.Abdurauf Bo'riev, 34.Sherzod Nasrullaev, 50.Flamarion, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 90.Stefan Chinedu.

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Sardor Mirqobilov, 22.Muhammadbobur Karimov, 33.Quvanishbek Saydaliev, 44.Diyor Ermanov, .

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 8.Vladimir Yovovich (77.Ratino, 70), 10.Jamshid Iskanderov, 15.Nurmuhammad Abdug'aniev (7.Abror Ismoilov, 46), 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev (22.Alisher Odilov, 46), 32.Zoran Marushich (18.Stipe Perica, 31), 34.Farruh Sayfiev, 52.Koffi Kuao (6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 70).

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 9.Xurshid G'iyosov, 11.Asilbek Jumaev, 71.Bilolxon Toshmirzaev, .

Ogohlantirishlar: Zayd Tahsin 72, Ikrom Aliboev 80,

Chetlatish: Dilshod Abdullaev 88.

MATNLI TRANSLYATSIYA

90+7. O'YIN TUGADI! “Paxtakor“ - “Neftchi“ 1:3

90+5. Maydonda kichik janjalcha. Chinedu va Ciger tortishib qolishdi.

90+3. ZARBA! Ismoilovning zarbasi noaniq chiqdi

90. O'yinga 7 daqiqa qo'shildi

89. GOL! Jamshid Iskanderov penaltidan gol urdi va golni nishonlamadi - 1:3

88. CHETLATISH! VAR yordamida bosh hakam Abdullaevga qizil berdi!

85. Ogohlantirish. “Paxtakor“. Dilshod Abdullaev

85. PENALTI! “Paxtakor“ darvozasi tomon! Dilshod Abdullaev Pericaning futbolkasidan to'pni ushlab olgani uchun

83. O'zgarish. “Paxtakor“. Saitov o'rniga Ayman

83. UXXX! “Neftchi“ning hujumi, Perica to'pga ulgurmadi

80. Ogohlantirish. “Neftchi“. Aliboev

79. O'zgarish. “Paxtakor“. Tahsin o'rniga Abdullaev tushdi

75. O'zgarishlar. “Paxtakor“. Hamdamov va Resan o'rniga Bozorov va Alijonov tushdi

72. Ogohlantirish. “Paxtakor“. Tahsin

70. O'zgarishlar. "Neftchi". Kuao va Yovovich o'rniga Yo'ldoshev va Ratino tushdi

66. GOL! Koffi Kuao! 1:2. Aliboevdan to'pni qabul qilib olgan Kuao o'ng qanotdan tezkor reyd qilib jarima maydoniga kirib gol urdi!

65. UXXXX! Alisher Odilov chaqqon harakatlari bilan darvozabon bilan birga bir chiqdi, Nazarovni ham aldadi, ammo Tahsin to'pni qaytardi!

65. ZARBAAAAAA! Hamdamovning zarbasidan keyin Ergashev to'pni qaytardI!

63. ZARBA! Hamdamovning zarbasi noaniq ketdi

55. GOL! Stipe Perica 1:1. Odilovning ajoyib reydidan keyin Perica gol urdi!

50. ZARBA! Saitov-Flamarion-Bashar-Ibragimov kombinaciyasi Ibrohimning zarbasi bilan tugadi, Ergashev o'z o'rnida

49. UXXX! Sayfievning to'p uzatishiga sheriklari eta olishmadi, burchak to'pi “Neftchi“da

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarishlar. “Neftchi”. Abdug'aniev va Ubaydullaev o'rniga Odilov va Ismoilov tushdi

45+3. Birinchi taym tugadi, hozircha 1:0

45+2. UXXX! Perica birga bir vaziyatga chiqib bordi, Nazarov jarima maydonini tark etib boshi bilan qaytardi. Ofsayd ham borakan

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

44. ZARBAAAA! Basharning zarbasini Ergashev qaytardi, Flamarionning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi

40. “Paxtakor“ning hujumi, Chineduga Ciger zarba berishga imkon bermadi

31. O'zgarish. “Neftchi“. Jarohat olgan Marushich o'rniga Perica tushdi

31. ZARBA! Flamarionning zarbasidan keyin Ergashev to'pni qaytaradi

28. UXXX! Sayfiev birga bir vaziyatda zarba berdi, Nazarovdan seyv!

26. UXXX! Marushich birga bir vaziyatga chiqib bordi, ammo zarba berolmadi

23. GOL! Dostonbek Hamdamov penaltidan gol urdi - 1:0.

21. PENALTI! “Neftchi“ darvozasiga, G'ofurov Flamarionga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topdi hakamlar

21. ZARBA! Flamarionning zarbasidan keyin Ergashev to'pni qaytardi

18. UXXX! Chineduning zarbasi yo'liga G'ofurov to'g'anoq bo'ldi

17. ZARBAAA! Endi Iskanderovdan to'p uzatish, Yovovichdan zarba, bu safar Nazarov to'pni ushlab oldi

13. ZARBAAAAAAA! Yovovichdan to'p uzatmasi, Iskanderovning jarima maydoni ichidan tepgan zarbasi noaniq ketdi!

4. UXX! Botirali Ergashev va Anvar G'ofurov to'qnashib ketishdi. “Neftchi“ sardoriga shifokorlar yordam berishmoqda

3. Yana “Paxtakor“dan hujum, Nasrullaevning uzatmasiga sheriklari eta olmadi

2. ZARBAAAA! Chinedu hozir hisobni ochishi mumkin edi, noaniq! Ofsayd ham ko'tarildi

1. O'YIN BOSHLANDI!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar