
"UEFA o'ylab topgan ushbu turnir formati - shunchaki bemanilik. Hozir unda kim xohlasa o'ynashi mumkin. UEFA faqat qanday qilib ko'proq pul ishlab olishni o'ylaydi. Bu - korrupsiyalashgan dunyo", – dedi van Gal.
Shuningdek, 75 yoshli mutaxassis, o'yinlar taqvimining haddan tashqari tig'izligi jarohatlar ko'payishining asosiy sababi ekanini ta'kidladi.
"Bu musobaqa Chempionlar Ligasi deb ataladi, shunday emasmi? Unda eng kuchli jamoalar o'ynashi kerak. Jamoalar saviyasi o'rtasidagi farq kamroq, gollar soni ham ozroq bo'lardi, ammo uchrashuvlarning sifati ancha yuqori bo'lardi. O'yinlar ko'p bo'lsa, jarohatlar ham shunga yarasha ko'payadi", – deya qo'shimcha qildi u.
Eslatib o'tamiz, UEFA Chempionlar Ligasining yangi formatini 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab joriy qilgandi. Guruh bosqichi o'rniga 36 ta jamoa ishtirokidagi yagona umumiy bosqich tashkil etilib, unda har bir jamoa turli raqiblarga qarshi 8 tadan o'yin o'tkazmoqda.
Van Gal 1994/95 yilgi mavsumda "Ayaks" bilan Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan, shuningdek, 1996 yilda amstyerdamliklar bilan, 2010 yilda esa "Bavariya" boshqaruvida ushbu turnir finaliga qadar yetib borgan.