iks
ads

"Arsenal" qishda jahon chempionini sotib olmoqchi - Football Transfers

  • Mr.NoBoDy 23.10.2026 08:56
  • 341
  • 30

"Arsenal" Madridning "Atletiko" klubi qanot hujumchisi, 2026 yilgi jahon chempioni Aleks Baenaga bo'lgan qiziqishini qayta tikladi.

London klubi 25 yoshli vingerni qishki transfer oynasida sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Football Transfers xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, agar "matraschilar" Baenani sotishga rozi bo'lishsa, "kanonirlar" 42 million evrodan ancha ko'proq to'lashlariga to'g'ri keladi - "Atletiko" futbolchini 2025 yilning yozida "Vilyarreal"dan aynan shu summaga xarid qilgan edi.

Joriy mavsumda Baena barcha turnirlarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 45 million evroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar