
Fernandesh Chempionlar ligasida "Komo"ga qarshi 1:4 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin jamoaning taktikasini tanqid qilgan edi. Karragerning fikricha, portugaliyalik futbolchining bunday munosabati zaxiraga olingani bilan bog'liq.
"U shunday munosabat bildirganiga sabab - zaxiraga olingani. Murabbiy uni o'yindan olib, noqulay vaziyatga solib qo'ydi. Pressing, shaxsiy yoki hududiy himoya haqidagi gaplarga kelsak, Brunu Fernandesh o'zini ko'rsatishga urinib, yillar davomida “Manchester Yunayted”ning pressing qilishiga xalaqit bermoqda.
“Manchester Yunayted”ning o'yinlarini sharhlayman va uni maydonda xuddi maktab hovlisida yugurib yurgan boladek, muxlislarga yoqishga harakat qilib, u yoqdan bu yoqqa chopayotganini ko'raman. Hamma uni bor kuchini sarflayapti, deb o'ylaydi. Aslida esa bunday emas. U shu harakatlari bilan butun jamoaga zarar etkazmoqda", - dedi Karrager.