
"Bu men guvohi bo'lgan va ishtirok etgan eng yaxshi o'yinlardan biri bo'ldi. Biz ham, "Bavariya" ham eng yuqori saviyani namoyish etdik. Har ikkala jamoa hujum qilishni, chiroyli futbol ko'rsatishni istadi. Bu haqiqatan ham hayratlanarli to'qnashuv edi. "Arsenal" o'yinni yaxshi boshladi, ammo keyin ajoyib sport formasida bo'lgan Bukayo Sakani yo'qotdik. Vaziyatga moslashishga to'g'ri keldi. To'liq ustunlik qilib, birinchi golni urish uchun barchasini qildik. Keyin ular javob qaytarishdi, ikkinchi bo'lim esa juda teng kurashlar ostida kechdi. Ehtimol, tanaffusdan so'ng raqib biroz ustunlik qilgandir. Belgilangan penaltiga to'g'ri munosabat bildirishimiz kerak edi va buni uddaladik. Jamoa mustahkam xarakter va yuksak mahorat ko'rsatdi.
Erishgan natijamizni hurmat qilish kerak. "Bavariya"ning so'nggi uch yildagi barcha uy o'yinlarini ko'rib chiqqanman, ular har doim barchadan ustun bo'lgan va juda ko'p gol urgan. Bugun yigitlar ko'rsatgan o'yinni chindan ham yuqori baholayman", – deya Artetaning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
"Bavariya" 3 ochko bilan YCHL umumiy bosqich jadvalida 14-o'rinda bormoqda. "Arsenal" esa 7 ochko bilan 7-pog'onani band etgan.