iks
ads

Saudiya Arabistoni O'zbekiston bilan o'yindan oldin Koreya bilan ro'baro' keladi

  • Mr.NoBoDy 22.10.2026 16:32
  • 1379
  • 30

Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi qita birinchiligiga tayyorgarlik doirasida Osiyo Kubogi-2027 uchun mo'ljallangan dasturini e'lon qildi.

Unga ko'ra, jamoa ikkita o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi va to'rtta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

“Yashillar” tayyorgarlikning birinchi bosqichini 2026 yilning 9-17 noyabr kunlari Qatarda bo'lib o'tadigan o'quv-mashg'ulot yig'ini bilan boshlaydi. Mazkur yig'in doirasida ikkita o'rtoqlik bahsi tashkil etiladi: dastlab 13 noyabr, juma kuni Koreyaga qarshi, so'ngra 17 noyabr, seshanba kuni O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushiladi.

Ikkinchi bosqich esa 2026 yil 21 dekabrdan 2027 yil 3 yanvarga qadar Al Hubar shahrida o'tkaziladigan yig'inni ichiga oladi. Bu vaqt oralig'ida Saudiya Arabistoni termasi yana ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazadi.

Saudiya arabistoniliklar 27 dekabr, yakshanba kuni Qatar bilan kuch sinashadi, so'ngra tayyorgarlik jarayonini 2027 yil 2 yanvar, shanba kuni Iordaniya terma jamoasiga qarshi yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tadigan o'yin bilan yakunlaydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar