
Myunxen grandining hujumdagi yetakchisi Chempionlar Ligasi doirasida Londonning "Arsenal" klubiga qarshi kechgan va durang bilan yakunlangan (2:2) uchrashuvda penaltidan gol urib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

"Ehtimol, Keyn Angliya tarixidagi eng yaxshi o'yinchidir. Barcha davrlarning eng buyuk ingliz futbolchilari haqida gap ketganda, uning nomi tilga olinishi kerak", – dedi Jerrard “TNT Sports” efirida.
"Bavariya" – "Arsenal" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi sovrini aynan Keynga nasib etdi. 33 yoshli forvard dushanba kuni "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkin.