iks
ads

Kunde “El Klasiko”da o'ynamaydimi?

  • Mr.NoBoDy 22.10.2026 15:32
  • 766
  • 30

Dam olish kunlari Ispaniya La Ligasida katta o'yin bo'lib o'tadi - “Barselona” o'z maydonida “Real”ni qabul qiladi.

“Mundo Deportivo” nashri bergan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar himoyachisi Jyul Kundening maydonga tushish ehtimoli juda past. “Ko'k-anorranglilar” murabbiylar shtabi fransiyalik futbolchining “El Klasiko”gacha tiklanib ulgurishiga shubha bilan qaramoqda.

Ma'lumki, Kunde “Betis”ga qarshi uchrashuvda to'pig'ining bog'lamlarini cho'zib olgandi. Shundan so'ng fransiyalik himoyachi Chempionlar Ligasi doirasidagi PSJga qarshi bahsni o'tkazib yubordi. Parijda “Barselona” mavsumdagi ilk mag'lubiyatini tan oldi - 2:4.

“Barselona” va “Real” o'rtasidagi uchrashuv 25 oktyabrdan 26 oktyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar