iks
ads

“Quruq” o'yin o'tkazgan darvozabon, tur bezagiga aylangan golni urgan yarim himoyachi, dubl qayd etgan futbolchi. Proligada 23-turning eng yaxshilari aniqlandi

  • Mr.NoBoDy 22.10.2026 13:08
  • 557
  • 30

17-21 oktyabr kunlari O'zbekiston Proligasida 23-turdan o'rin olgan 6 ta o'yin bo'lib o'tdi.

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.

Tur murabbiyi - Zayniddin Tojiev (“G'azalkent”)

Ortda qolgan turda "G'azalkent" Bekobodda "Sho'rtan" ustidan muhim g'alabani qo'lga kiritdi (2:1). Mazmunli va ishonchli o'yin namoyish etgan jamoaning bosh murabbiyi esa haqli ravishda tur murabbiyi deb topildi.

Pro liga eng yaxshi murabbiy kopiya (16).jpg

Tur futbolchisi - Ravshan Abdumannonov (“Olimpik-MobiUz”)

"Olimpik-MobiUz" bu turda o'z maydonida "Yaypan"ni qabul qilib, 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Championat.asia sayti uchrashuvda jamoasining birinchi va to'rtinchi gollariga mualliflik qilib, dublni rasmiylashtirgan yarim himoyachi Ravshan Abdumannonovni tur futbolchisi deya etirof etdi.

Pro liga eng yaxshi futbolchi kopiya (15).jpg

Tur darvozaboni - Mohir Komilov (“Metallurg”)

"Metallurg" mehmonda "FarDU" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bahs davomida jamoasini muqarrar gollardan qutqarib, "quruq" o'yin o'tkazgan bekobodliklar posboni turning eng yaxshi darvozaboni sifatida etirof etildi.

Pro liga eng yaxshi darvozabon kopiya (15).jpg

Tur goli - Muzaffar Mo'minov (“Yaypan”)

"Olimpik-MobiUz" bilan bahsning 49-daqiqasida "Yaypan" yarim himoyachisi Muzaffar Mo'minov jarima maydoni tashqarisidan chap oyog'i bilan darvoza to'rini aniq nishonga oldi va muvozanatni tikladi. Bu super gol yakunda turning eng chiroyli goli sifatida etirof etildi.

Pro liga eng Tur goli kopiya (16).jpg

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar