iks
ads

Kvaratsxeliya "Oltin to'p" topshirish marosimini o'tkazib yuborishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 22.10.2026 12:24
  • 438
  • 30

PSJ yetakchisi Xvicha Kvaratsxeliya "Barselona"ga qarshi uchrashuvda olgan jiddiy tizza jarohati sababli yilning eng nufuzli futbol kechalaridan birida qatnasha olmaslik ehtimoli bor.

“The Touchline” ma'lumotlariga ko'ra, gruziyalik vingerning 2026 yilgi "Oltin to'p" topshirish marosimidagi ishtiroki endi so'roq ostida turibdi.

"Pari Sen-Jermen" vingeri seshanba kungi Chempionlar Ligasi doirasida "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba (4:2) paytida o'ng tizzasidagi oldingi xochsimon boylamlarini (ACL) uzib oldi. Jarohat shifokorlar tomonidan tasdiqlandi va gruziyalik futbolchi yaqin kunlarda jarrohlik amaliyotini o'tkazishi kutilmoqda.

Biroq uning dushanba kungi marosimda qatnashishi bo'yicha hozircha rasmiy qaror e'lon qilinmagan.

"Oltin to'p" taqdirlash kechasi 26 oktyabr kuni Londonning "Palladium" teatrida bo'lib o'tadi va ushbu tadbirning 70 yilligiga bag'ishlanadi. Kvaratsxeliya PSJ safidagi yorqin o'yinlaridan so'ng erkaklar o'rtasida ushbu sovringa nomzod 30 nafar futbolchi qatoridan joy olgan di. Ushbu marosimni o'tkazib yuborish - mavsumning qolgan qismini xavf ostida qoldirgan jarohatning yana bir og'riqli oqibati.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli futbolchi "Barselona"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida maydonni yordamchilar ko'magida tark etishga majbur bo'lgandi. Keyingi tibbiy ko'riklar tizza jarohatining naqadar og'ir ekanini tasdiqladi. Oldingi xochsimon boylamlar operaciyasidan so'ng tiklanish odatda uzoq oylarni talab etadi, bu esa gruziyalik futbolchining uzoq muddatga katta futboldan chetda qolishini anglatadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar