iks
ads

"Bo'shashishga haqqimiz yo'q". "Komo" murabbiyi Fabregas - "Man Yunayted" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng

  • Mr.NoBoDy 22.10.2026 07:48
  • 548
  • 30

"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindagi g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu alohida bir oqshom bo'ldi, ammo biz hali yo'lning boshidamirmiz. Jamoa bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi, ammo bo'shashishga haqqimiz yo'q. Shanba kuni bizni yana bir o'yin kutib turibdi. Biz hamisha puxta tayyorgarlik ko'ramiz va raqobatbardosh bo'lishga harakat qilamiz - bu Italiya kubogida "Inter"ga qarshi o'yin bo'ladimi, "Napoli" yoki "Roma" bilan bo'ladimi, farqi yo'q.

Tayyorgarlik juda muhim, ammo yigitlarning o'z kuchiga bo'lgan ishonchi ham kam ahamiyatga ega emas. Busiz hamma narsa ancha murakkablashadi. Bu "Manchester Yunayted" edi va hozirda ularda eng yaxshi davrlar kechmayotgani shu qadar muhim emas. Unutmaslik kerakki, bazi futbolchilarimiz uchun bu Chempionlar ligasidagi atigi uchinchi o'yindir. Aynan yigitlarning o'z kuchiga bo'lgan ishonchi va ularning ishga bo'lgan munosabati menga kuch bag'ishlaydi.

Bunday g'alaba qoniqish hosil qiladi, ammo endi eng murakkab narsa boshlanadi - shanba kuni ham xuddi bugungidek o'yin ko'rsatish lozim", - deydi Fabregasning so'zlarini jurnalist Djanluka Di Marcio sayti.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar