iks
ads

MYU sardori Fernandesh kechagi mag'lubiyatdan so'ng murabbiylar shtabini keskin tanqid qildi

  • Mr.NoBoDy 22.10.2026 10:24
  • 811
  • 30

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoaning navbatdagi muvaffaqiyatsiz o'yinidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

21 oktyabr kuni MYU Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turi doirasida safarda "Komo"ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Bazida bosim ostida biz yanada qatiyatliroq harakat qilishimiz kerak. Bu biz bilan birinchi marta sodir bo'layotgani yo'q. Yana o'yinni noto'g'ri boshladik. To'pga etarlicha bosim yo'q, to'psiz yaxshi harakatlar ham etarli emas. Ko'p narsa bizning foydamizga ishlamayapti. Boshidayoq o'tkazib yuborilgan gol go'yoki allaqachon mag'lub bo'lganimizdek hissiyotni uyg'otadi.

Biz o'zimiz bo'lishimiz va oldinga intilishimiz, jasur bo'lishga harakat qilishimiz, to'pga egalik qilishga va nimadir yaratishga intilishimiz kerak. Agar bunga qodir bo'lmasak, bu vaziyatdan chiqib ketish juda qiyin bo'ladi. To'pni boshqa jamoaga berganingizda, ular o'ziga bo'lgan ishonchni his qila boshlaydi. Biz ko'proq yugurishga majbur bo'lamiz, keyin esa to'pni olib qo'yganingizdan so'ng oyoqlar va boshning kerakli tarzda ishlashi yanada qiyinlashadi.

"Komo"ga qarshi har bir futbolchiga qarshi o'ynamaslik qarori murabbiylar shtabi tomonidan qabul qilingan. Maykl Karrik taktikada xato qildimi? Bu murabbiy va shtabning ishi - meniki emas. Bazida bosim ostida yanada jasurroq bo'lish, tavakkal qilish va yuqoridan pressing qilish kerak, toki ular o'zlarini noqulay his qilishsin", - dedi Fernandesh o'yindan keyingi intervyusida.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar