iks
ads

"Barselona" Ispaniya chempionati startidagi g'alabalar bo'yicha "Real" rekordini takrorladi

  • Mr.NoBoDy 18.10.2026 01:24
  • 1534
  • 30

"Barselona" La Liganing 2026/2027 yilgi mavsumi dastlabki to'qqiz turida to'qqizta g'alaba qozonib, Madridning "Real" klubi o'rnatgan rekordga tenglashib oldi.

Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda. Bugun, 17 oktyabr kuni kataloniyaliklar "Betis"ni 5:2 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. "Ko'k-aniqranglilar" hisobida ochko yo'qotishlarsiz maksimal 27 ochko mavjud. "Barselona" ushbu to'qqizta o'yinda raqiblar darvozasiga 39 ta gol urishga erishdi.

Madridning "Real" klubi 1968/1969 yilgi mavsumda Ispaniya chempionati startida ketma-ket to'qqizta g'alabani qo'lga kiritib, 21 ta gol urgan edi.

To'qqizta o'yindan so'ng 27 ochko jamg'argan "Barselona" turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. La Liganing keyingi turida "ko'k-aniqranglilar" 25 oktyabr kuni Madridning "Real" klubini qabul qilishadi. "Qirollik klubi" esa bitta zaxira o'yini bilan 18 ochko jamg'argan holda to'rtinchi pog'onani egallab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar