
"Betis" - "Barselona" 2:5
Gollar: 10 - Gabriel Jezus, 27 - Valentin Gomes, 41 - Rodri, 52 - Gabriel Jezus, 53 - Abde Ezzalzuli, 63 - Erik Garsiya, 81 - Dani Olmo
“Betis”: 1. Alvaro Vales, 3. Diego Lorente, 2. Ektor Belerin (12. Anxel Ortis, 70’), 11. Fran Garsiya, 16. Valentin Gomes, 8. Pablo Fornals (15. Alvaro Figaldo, 70’), 6. Fakundo Bernal, 25. Daniel Sebalos (18. Nelson Deossa, 46’), 20. Jovani Lo Chelso (17. Rodrigo Rikelme, 64’), 10. Abde Ezzalzuli, 9. Kucho Ernandes (19. Troy Perrott, 64’).
Zaxira: 13. Diego Konde, 4. Natan, 5. Mark Bartra, 22. Isko, 21. Mark Roka, 7. Antoni, 27. Xose Antonio Morante.
“Barselona”: 1. Joan Garsiya, 23. Jyul Kunde, 18. Jerard Martin (24. Erik Garsiya, 46’), 5. Pau Kubarsi, 16. Rodri, 10. Lamin Yamal (11. Rafinya, 70’), 12. Xavi Espart, 7. Fermin Lopes (20. Dani Olmo, 62’), 14. Karim Adeyemi (17. Entoni Gordon, 62’), 8. Pedri, 9. Gabriel Jezus (6. Gavi, 80’).
Zaxira: 13. Voycex SHHensni, 25. Dominik Livakovich, 2. Joau Kanselu, 3. Aleks Balde, 4. Brayan Farinyas, 21. Frenki de Yong, 22. Mark Bernal.
Ogohlantirishlar: 20 - Fermin Lopes, 22 - Ektor Belerin, 45 - Manuel Pellegrini (maydon chetida, “Betis” bosh murabbiyi), 55 - Lamin Yamal, 61 - Diego Lorente
Chetlatish: 54 - Fakundo Bernal
90+3. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
90. Garsiya maydondan chiqib ketdi, buyog'iga “Barsa” o'yinni 10 kishi bo'lib tugatib qo'yadi.
90. Erik Garsiya maydonga o'tirib oldi, jarohatlangan bo'lishi mumkin.
89. Rafinyaning uzoqdan yo'llagan zarbasi o'ta noaniq bo'ldi.
85. Espartning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.
84. “Barsa” tinmayapti, Rafinya gol urishga harakat qilyapti.
82. O'yin taqdiri hal, maydonda yomg'ir yog'ib yubordi.

81. GOL! Olmo o'yin masalasini hal qildi! Dani jarima maydonchasi tashqarisidan to'g'ri darvozaga zarba berdi va bu aniq bo'ldi!
79. Gordonning zarbasini darvozabon qaytardi.
76. Jezus juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi…
75. Deossaning uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Garsiya ushlab oldi.
71. Yamal o'rniga maydonga Rafinya tushdi. Lamin maydondan chiqayotib xursand emasligini ochiq ko'rsatib qo'ydi.
66. Yamal juda qulay vaziyatdan erlatib zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi.
64. Ajoyib o'yin, do'stlar!

63. GOL! Garsiya hisobni yiriklashtirdi! Yamalning jarima zarbasidan tepgan to'pi “jonli devor”ga tegib, Kubarsiga bordi, uning uzatmasidan so'ng Erik darvozani ishg'ol qildi.
56. Barchasi o'tib ketdi, mezbonlar bir kishi kam bo'lib qolishdi.

55. Gol bo'lgan holatdan avvalroq mezbonlar vakili Ferminga nisbatan qo'pol o'ynagan bo'lishi mumkin. Shundan so'ng janjal boshlangan, Yamal raqibiga, raqib esa Laminga borib tegingan.
54. Qizil kartochka “Betis” futbolchisiga! Dahshat!
54. GOL! Abde hisobni qisqartirdi! Ez Abde birga-bir vaziyatga chiqib borib, aniq zarba berdi!
53. Holat VARda ko'rildi va gol inobatga olindi.
53. “Betis” futbolchilari hakamga gol bo'lgan holat yuzasidan etiroz bildirmoqda.

52. GOL! Jezus hisobni oshirdi! Yamalning uzatmasidan so'ng Gabriel gol urdi.
51. Yamalning uzatmasidan so'ng Jezus gol urgandi, biroq ushbu holatda offsayd bo'lgan ekan.
50. Kucho juda qulay vaziyatdan zarba berdi, to'pni Garsiya osonlikcha ushlab oldi.
49. Ferminning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi.
46. Bo'limni har ikki jamoa vakillari bittadan o'zgarish bilan boshladi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+1. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.
45+1. Gol bekor qilindi.
45. VARda ko'rinishicha, hujum boshlanayotgan pallada “Betis” futbolchisining qo'liga to'p tekkan ekan… Ajoyib!
44. Stop, holat VARda ko'rilyapti.
44. Dahshat o'yin, super birinchi bo'lim!

43. GOL! Lo Chelsodan dahshat gol! Jovani uzoq masofadan darvozaga qaramasdan turib zarba berdi va golga aylandi! Super!
42. Yana “Barsa” oldinga chiqib oldi hisobda, “Betis” yana qayta oladimi?

41. GOL! Rodri hisobni oshirdi! Burchakdan uzatilgan to'pni ispaniyalik futbolchi boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.
39. Belerin… ajoyib vaziyatdan darvozaga zarba berdi, biroq Garsiya super seyv ko'rsatdi!
39. Yamal himoyachidan mohirona tarzda o'tib, darvozaga zarba berdi, to'pni darvozabon ushlab oldi.
34. Yamalning uzatmasidan so'ng Karim birga-bir vaziyatga chiqdi, biroq to'pni darvozabon qaytardi!
33. “Barsa” bosim qilmoqda raqibga, to'liq hujumga o'tgan jamoa.
28. O'yin buyog'iga qizishi aniq!

27. GOL! Gomes hisobni tenglashtirdi! Havolatib uzatib berilgan to'pni Valentin bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi!
24. Fornalsning zarbasi noaniq ketdi.
22. Espartning uzoqdan tepgan to'pi aniq bo'lmadi.
16. Adeyemi darvozabonni aldab o'tdi, biroq bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi.
12. Jezusning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
11. Tezkor gol ko'rdik o'yinda, buyog'iga mezbonlardan ham faollik kutamiz.

10. GOL! Yamaldan supergol! Bir himoyachini aldab o'tib, jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi va to'p darvozaning to'qqizligidan joy oldi!
5. Dastlabki daqiqalardan mehmonlar ancha faol.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni La Liganing 9-turidan o'rin olgan "Betis" - "Barselona" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!